O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Yodda tuting
!
YuNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy 
merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), 
Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda 
Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etildi. 
2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro 
maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali 
o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan 
ijrochilar ishtirok etishdi.
Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va 
zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish 
qatorida uning ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat 
konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. 
Konservatoriyaning yangi binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao-
liyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 
uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at 
maktabi foydalanishga topshirildi.
“Nihol”, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi
“Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar 
navosi” yosh musiqa ijrochilari va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib keli-
nayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash 
maqsadlariga xizmat qiladi. 
O‘zingizni sinang
!
Konservatoriya – bu ...
Nomoddiy madaniy meros – bu ..
Musiqa festivallari – bu ... 
Ma’naviyat maskanlari – bu ...
!
Tasviriy san’at
. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar 
yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy 
akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbe-


106
kiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 
2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi.
Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari 
va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak 
san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni 
tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. 
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni ta’sis 
etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, hunarmandlar 
daromad solig‘idan ozod etildi. 
Kino. 
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga 
ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan 
keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim yil bo‘ldi. Birgina shu yilning 
o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 12 milliard 400 mil
-
lion so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
2017-yil 29-dekabr kuni milliy kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan 
uchrashdi. Unda kino san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va mala-
ka oshirishini tashkil etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kinematografiya so
-
hasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xori
-
jiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan 
hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin