107
Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston qahra-
monlari Said Ahmad, Abdulla Oripov,
Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq
shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim
vazifalarni hal etishda O.Sharofiddinov, B.Qosimov, N.Karimovlarning
asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muhammad Ali va T.Malikning romanlari,
U.Azim, E.A’zam, S.Sayyid, H.Xudoyberdiyeva, H.Ahmedova, J.Ergasheva,
H.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy
barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib
qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi.
Adabiyotga e’tibor 2017–2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-yil 12-yan
-
varda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madani
-
yatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilindi. Shu yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevar
-
lar o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Shuning
-
dek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust
kuni ijodkor
ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy muassasalarga homiy
tashkilotlar belgilab berildi. Shu yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar
uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tash
-
kil etilishi yozuvchi va shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini
oshirish, ularning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish uchun keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
Muzey.
Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy,
tarixiy
qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar orqali
o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan
ham, mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor
berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya
shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on
qurbonlari xotirasi, Surxondaryo
viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi.
108
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar faoliyatini tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda
muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat
muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey
eksponatlarini boyitish
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar
faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda “O‘zbekmuzey” Res-
publika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshi-
rishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u
1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi.
Yoshlar ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2014-yil
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning
seshanba va juma kun-
lari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili
2–8 sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi.
Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini
saqlagan holda jamiyat rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor
qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy
qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: