O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Yodda tuting
!
1991–1994-yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 
450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda.
Atamalar izohi
!
Simpozium
– (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy 
masala bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.
Festival 
– (
ital. –
bayramona, shod, quvnoq) san’atning musiqa, 
kino, teatr va boshqa sohalarida erishilgan eng yaxshi yutuqlar bo‘yicha 
o‘tkaziladigan tanlov, ko‘rikdan iborat ommaviy bayram, tantana, sayil.
Galereya
– (
fran.
– peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi 
usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus.
?
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida nima sababdan madaniyat va san’atga 
e’tibor kuchaydi?


109
2. Bugungi kunda O‘zbekistonda qanday yo‘nalishdagi muzeylar faoliyat 
olib bormoqda?
3. Yurtimizda musiqa festivallari o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad-
lar nimada?
4. Kino san’atidagi yutuqlar va kamchiliklarni sanang.
5. Mustaqillik yillarida teatrlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
VIII BOB.
 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI 
SIYOSATI VA IKKI TOMONLAMA MUNOSABATLARI
17-mavzu.
 O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining 
shakllanishi va uning ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekistonning geosiyosiy holati. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga 
xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar 
orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va 
noqulay tomonlari 
mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati 
va geostrategik manfaatlari, uning ichki va tashqi siyosatini tanlash 
hamda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: 
uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy- 
ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston 
hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch 
okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar 
Markaziy Osiyodan, uning 
markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning mar-
kazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib, 
mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy 
integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni 
mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni dav-
latlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onis-
ton o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. O‘zbekiston 
o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, energetika, kom- 
munikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti
qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega,
dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga 
qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni 


110
eksport qilish imkoniyatiga ham ega. O‘zbekiston Respublikasining 
yerostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud. 
Mazkur imkoniyatlari bo‘lgan taqdirda ham O‘zbekiston geosiyosiy 
joylashuvini noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmayd. Shu jihatdan 
O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar 
mavjud: O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim 
havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning 
strategik markazida joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun 
dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga 
mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli 
davlatlar mazkur mintaqada o‘z manfaatlarini izlamoqda. Shu bilan birga
O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi 
kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham 
tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston 
bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng 
uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi, 
Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li 
qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning, umuman, 
hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va 
undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning 
Markaziy Osiyoning siyosiy xaritasi 
Qozog‘iston
O‘zbekiston
Turkmaniston
Eron
Iroq
Xitoy
Pokiston
Qirg‘iziston
Tojikiston
Ozar- 
bayjon


111
suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham 
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir. 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin