26
bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi,
komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat
boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi.
Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil
holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan
fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi,
Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan
fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy
Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
deputat etib saylanish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: