24
tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi
hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tumanlarga
bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi
va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.Vakillik organlari tuzilmaydigan
shahar tarkibidagi
tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis
etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va
Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili
hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari
sud hokimiyati organlari, prokuratura,
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan
o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga
xos va
mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan,
hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishi deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Kons-
titutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha,
qishloq va ovullarda,
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».
Yodda tuting
!
1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»,
2004- yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari qabul
qilindi. 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Dostları ilə paylaş: