47
kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet
el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida
belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni
tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi
uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar
tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi
oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi «Iqtisodiyot real
sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliya-
viy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb
qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat bank-
lariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi tavsiya
etildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlan-
tirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xusu-
siylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: