44
xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshiril-
gan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar
shakllantirildi.
1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning
82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%,
sut va sut
mahsulotlarining 60% chetdan keltirilar edi.
1991–2000-yillarda qish-
loqda amalga oshirilgan tub agrar
islohotlar O‘zbekiston qishloq hayo-
tini yangi shakl va tizimga o‘zgartirib
yubordi. Mamlakatda s
uv
tanqisligi
hisobga olinib, 1998-yildan boshlab
paxtachilikda Isroil texnologiyalari aso-
sida tomchilatib sug‘orish usuli, Andi-
jonlik paxtakorlar tashabbusi bilan
chigitni plyonka ostiga ekish texnolo-
giyasi joriy etildi.
Shuningdek, O‘zbe-
kiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda
turadi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi «Chorvachilikda xususiy-
lashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Natijada respublikada
ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% in xususiy sektor bera
boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish
sharoitida fermer
xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini
tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi «Dehqon (fermer) xo‘ja-
ligi to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini
belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi «Fermer xo‘jaliklari
to‘g‘risida»gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivoj-
lanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat
oziq-ovqat muammosini
o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini
ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Mam-
Dostları ilə paylaş: