O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Tasviriy san’at
. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar 
yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy 
akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili 
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari 
galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi.
Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy 
san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini 
oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat 
tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston 
Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» 
uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. 
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish 
maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda. 
Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kash-
tachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli 
miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda.
Kino. 
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga 
ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashlar 2004-yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tashkil etilgandan 
keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005-yildan boshlab davlat tomonidan 


107
yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi 
(15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 
10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-
uslubiy videofilmlar). 
Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining 
mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, 
xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etdi. «Abdullajon», 
«O‘tkan kunlar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Voiz», «Osmondagi 
bolalar», «Chashma», «Yo‘l bo‘lsin», «Vatan», «O‘tov», «Parizod», 
«Unutma meni», «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Qo‘rg‘oshin», 
«Baron»kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida ishlangan «To‘maris», «Bulbul», «Kulol» singari 
multfilmlar jahonning nufuzli festivallarida ham e’tirof etildi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin