O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Musiqa va raqs san’ati
. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub 
burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda 
namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida 
yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. 
Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, 
Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh 
navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy 
ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida 
Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida 
Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. 
Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar 
o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni 
asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga 
ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi 
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil 
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi 
hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 
Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada 
san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 
1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida 
ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan 
o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik-


105
tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam 
bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul 
qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston –
Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov 
mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil-
dagi qarori bilan har ikki yilda
bir marotaba Samarqand shahrida
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa
festivali o‘tkazila boshlandi
. Birin-
chi festivalda dunyoning 31 mam-
lakatidan vakillar ishtirok etishdi. 
Festivalning hudud qamrovi ham 
tobora kengayib bormoqda. 2015- yili 
X festivalda 66 mamlakatdan vakillar 
qatnashdi.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa 
festivalining ochilishi marosimi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin