O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Inson xotirasi boqiy. 
Prezident Shavkat Mir-
ziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati 
singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish 
an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida 
bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent 
va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil 
Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, 
Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qora- 
qalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada
Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, 
Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiy-
lashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ular-
ning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar 
tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va 
Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik 
majmuasi ochildi. 
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat 
qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga 
ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli 
yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi 
nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. 
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi 
«Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof 
Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash 
to‘g‘risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr 
– Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 
Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi 
«O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich 
Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 
Zulfiya va Hamid 
Olimjon. 
Sh.Rashidov haykali. 
Jizzax.


98
Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti 
Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan 
Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar 
bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi 
shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-yilda 
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida 
Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan 
hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom 
Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan 
Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom 
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik maj-
muasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalar 
va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi 
berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 
30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 
80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa 
Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin