99
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda rasman 3 ta xotira kuni mavjud: 1) 1999-yildan boshlab
9 may – «Xotira va qadrlash kuni»; 2) 2001-yildan e’tiboran 31-avgust –
«Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni»; 3) 2017-yildan boshlab 2-sentyabr
– O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi
kuni.
O‘zingizni sinang
!
Ajdodlar xotirasi – bu ...
Islom Karimov – bu ...
Sharof Rashidov – bu ...
2017-yilgi ma’naviy tiklanish – ...
!
Milliy-ma’naviy merosga yangicha munosabat davlat miqyosida Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida amalga oshirila boshlandi. Eng
avvalo milliy ma’naviyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk
hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin
Naqshband, Xo‘ja
Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino,
Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga
qaytarildi, tavallud topgan kunlari jahonda
va mamlakatimizda nishonlanib,
ruhlari shod etildi va asarlari nashr etildi hamda qadamjolari obod qilindi.
Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib,
tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib
haykallar o‘rnatildi.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro‘z»
bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi.
1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart –
Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Qadimiy
xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi
mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli
bayram sifatida nishonlamoqda.
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir
kunlarda Islom
Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo
chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj
qilishi to‘g‘risida» gi farmonini e’lon qildi.
100
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy
va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi.
Jumladan, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi
huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.
1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish
kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, musulmonlar hayotidagi
qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit
kunlarini doimiy ravishda
bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb
e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi
ish bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri»
haftanomasi, «Hidoyat» jurnali dunyoga keldi,
ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila
boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt
jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli
hadis kitoblari,
boshqa allomalarning qator
asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi.
Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million
nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob
yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur
tomonidan o‘zbek
tiliga tarjima qilindi va
uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan
chiqarildi.
Qur’onning o‘zbekcha
tarjimasi nusxasi.
«Navro‘z» bayrami.
Dostları ilə paylaş: