O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1. Tarixiy xotira tushunchasini izohlang.
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida qaysi allomalarning yubileylari ni-
shonlandi?
3. O‘zbek xalqining qadriyatlari va an’analarini taklash bo‘yicha qanday 
qarorlar qabul qilindi?
4. 2007-yil Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb atalish sabablarini 
sanashga harakat qiling.
5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Tarixiy shaxslarga bugungi e’tibor bo‘yicha 
ma’lumot to‘plang.
Alisher Navoiy
Amir Temur
Sharof Rashidov
Islom Karimov
16-mavzu.
 O‘zbekistonda madaniyat va san’at
Ma’naviyat maskanlari. Teatr

Mustaqillik yillarida madaniy hayotda 
ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. 
Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol 
sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda 
Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 
1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq 
guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. 
O‘zbek davlat akademik drama 
(2001-yil), O‘zbekiston akademik rus
drama teatrlari (1999-yil) kabi
poytaxt 
hamda viloyat teatr jamoalariga yangi 
binolar qurildi, ta’mirlandi

2015-yil-
ning oktabrida rekonstruksiya qilingan 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston 
davlat akademik katta teatrining ochilish 
marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha
guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij
mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqish-
lariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish 
boshladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston 
davlat akademik katta teatri
.
?


103
2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro fo-
rumlar saroyi, 2011-yilda Simpozium- 
lar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan 
tashkil topgan Ma’rifat markazi maj-
muasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida 
Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat 
maskanlari ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining «O‘zbekiston teatr san’atini 
rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin 
tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol 
ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol 
sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab 
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, 
«O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga 
o‘tkazildi.
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan
«Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik 
drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu 
qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Umuman, mustaqillik o‘zbek teatr-
lari va san’atkorlarining dunyo sahna-
siga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. 
Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida 
viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy 
munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu 
borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom 
teatri va Qashqadaryodagi 
«Eski masjid» 
teatr-studiyasi faol bo‘ldi.
1993-yilning 23–30-oktabr kunlari 
Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va 
G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan 
kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan 
ahamiyatli bo‘ldi. 
Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston 
Milliy kutubxonasi

O‘zbek milliy akademik drama
teatri binosi.


104
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur 
mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali 
drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida 
sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. 
Bu 
jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida 
olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna 
ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, 
jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi.
Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy doston-
lari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar 
drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin