96
ataladigan bo‘ldi. 1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon
qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan,
YUNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi
ham buyuk allomalar
qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996-
yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi.
Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon
qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy
madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va
shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar
davri tarixi muzeyi
qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi,
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil
oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom
Termiziy,
Abu Muin Nasafi y, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy,
Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o‘rganilib,
ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy,
Imom Abu Iso
Samarqand,
Amir Temur haykali.
Shaxrisabz,
Amir Temur haykali.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
Yodda tuting
!
1993-yil Toshkentda, 1996-yil Samarqand va Shahrisabzda Amir
Temur haykali ochildi. Shu yili Samarqand va Shahrisabz shaharlari «Amir
Temur» ordeni bilan mukofotlandi.
97
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin
Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror
Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
Dostları ilə paylaş: