90
qadar), dunyo rekordini o‘rnatdi. Ravshan Ermatov Prezident farmonlariga
muvofiq 2010-yili «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, 2014-yilda «El-yurt
hurmati» ordeni, shuningdek, 2015-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni,
hamda «Malibu» avtomobili bilan mukofotlandi.
2018-yil Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tka-
zilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga
kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i
bilan Osiyo chempio-
natida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident
sovg‘asi – bittadan yangi Chevrolet Malibu avtomobili topshirildi.
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida spor sohasida qanday tadbirlar amalga
oshirildi?
2. Uch bosqichli sport o‘yinlari o‘tkazilishidan maqsad nima?
3. Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlarni sanang.
4. O‘zbekiston futbol terma jamoalarining muvaffaqiyatlari qaysi yillarda
amalga oshirilgan?
5. Quyidagi jadvalga sport turlari sohasida erishilgan ma’lumotlarni to‘l-
diring.
Olimpiada
Boks
Futbol
Kurash
14-mavzu.
O‘zbekistonda yoshlar siyosati
Yoshlar tashkiloti
. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan
keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti
tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini
bajarishga
safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va
ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi natijasida 1996-yilda «Yoshlar ittifoqi»
tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining «Kamolot» jam-
g‘armasi tuzildi. «Kamolot» jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat
va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan
dasturlar tuzish va
davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo «Kamolot»
?
91
yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy
ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi
boshqara-
digan nodavlat, notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot»
yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining
asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga
ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish,
yosh yigit-qizlarning
o‘z aql zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-
sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan
iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari,
harbiy qismlar,
huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan
28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z safl arida ixtiyoriy
ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi.
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
ishtirokida «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi
bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda «Kamolot» YoIH
tashkilot tugatilganligi va
«O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi» tashkil etilganligi e’lon qilindi.
Yoshlarning
muammolari hamda tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri e’tiborida bo‘lishini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi» raisi bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi
lavozimida bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: