O`zb tarix 11 узб indd


Uch bosqichli sport o‘yinlari



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Uch bosqichli sport o‘yinlari
. Mus-
taqillik yillarida mamlakatda jismoniy 
tarbiya va sportni ommaviylashtirishda 
alohida davr bo‘ldi. Bu borada Bolalar 
sportini rivojlantirish respublika 
jam-g‘armasining tashkil qilinishi
2000-yil-dan boshlab oliy o‘quv 
yurtlari talabalari o‘rtasida «Universiada», o‘rta maxsus kasb-hunar 
kollejlari talabalari o‘rtasida «Barkamol avlod», umumta’lim maktablar 
o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari» sport musobaqalarining 
uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir. Uch bosqichli sport 
turnirlari tashkil etilishidan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xalqaro musobaqalar uchun 
mamlakat terma jamoasiga nomzodlarni tayyorlashdan iborat.
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan xotin-qizlar sportini rivoj-
lan-tirishga jiddiy e’tibor qaratilib, ayniqsa, sportning badiiy gimnastika 
va sinxron suzish turlari rivojlantirilmoqda. Buni jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanuvchilar xotin-qizlarni sonining muntazam ortib borishi 
ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida sport maktablari va turli 
jamoalarda mahalliy millat qizlarining qiziqib, faollik bilan shug‘ullanishlari 
ko‘paydi. Masalan, 1996-yilda 1180 xotin-qizlar sport bilan shug‘ullangan 
bo‘lsa, 2016-yilga kelib ularning soni 3 milliondan ortdi.


87
Mustaqillik yillarida nafaqat sportning xalq o‘rtasidagi ommaviyligini 
ta’minlash, balki ayrim sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. 
Jumladan, o‘zbekcha kurash, tennis, shaxmat, boks bo‘yicha O‘zbekiston 
sporti jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Tennis bo‘yicha Iroda 
To‘laganovaning, boks bo‘yicha Ruslan Chagayev, Artur Grigoryan va 
Muhammadqodir Abdullayevlarning dunyo sport arenalaridagi yutuqlari 
O‘zbekiston sportchilarining dastlabki natijalari edi.
Kurash
. Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta 
tiklanishiga va ularning sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga 
imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida 
milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 1992-yilda Oʻzbe-
kistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbogʻli kurash federatsiyasi 
tuzildi. Prezidentning maxsus farmoni
bilan 1998-yili sentabr oyida Tosh-
kentda Osiyo, Afrika va Yevropa 
qit’asidan kelgan 28 davlat vakillari
ishtirokida Xalqaro kurash Assot-
siatsiyasi tuzildi.
2000-yilda esa Turkiyaning Anqara
shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon 
chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbek 
kurashi jahonga yuz tutishi bilan 
yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. 2016-yilga kelib, Xalqaro kurash 
Assotsiatsiyasining jahonning barcha qit’alarida 120 dan ortiq kurash 
federatsiyalari tashkil etildi. Milliy sport turimizning xalqaro maydonda keng 
tan olinishi ham mamlakatimiz xalqaro aloqalarini yanada kengayishiga, 
uning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin