O`zb tarix 11 узб indd


Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi
. O‘zbekiston fani va ta’limi integ-
ratsiyasini ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markaz-
lari tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar 
akademiyasining Fizika-texnika institutida «Qayta tiklanadigan energiya 
manbalari» ilmiy-o‘quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida «Bio-
tibbiyot» ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi.


83
2012-yildan esa, oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash 
maqsadida Fanlar akademiyasning 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta min-
taqaviy ilmiy markazlar ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etilib, yo‘nalishi 
va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish va akademik fan va 
ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 
1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari 
sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi «Oliy malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish 
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2013- 
yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish va fan doktori 
ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning 
bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-
fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud ilmiy 
salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Shavkat 
Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa 
doktori va fan doktori darajalarini beruvchi ikki bosqichli tizimga o‘tildi.
Ilm-fandagi tub islohotlar
. 2016– 
2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom 
ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-de-
kabr kuni ilk bor mamlakatimizning 
yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan 
uchrashdi. Uchrashuv natijalariga 
ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor 
yanada kuchayishi belgilandi. Prezi-
dentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta ilmiy-
tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy 
tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari 
Ilm-fan xodimlari bilan uchrashuv.


84
bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivoj-
lanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazir-
likning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq 
xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va 
tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or 
texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va 
rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi. 
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda 
o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki 
martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning 
atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy 
farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 
nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. 
Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa 
ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 
mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib 
bormoqda.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin