81
VI BOB.
MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FAN
VA SPORTNING RIVOJLANISHI
12-mavzu.
O‘zbekistonda ilm-fan
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan
.
Yuzaga kelgan yangi
tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. Zero,
dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini
ta’minlar edi.
Avvalo, Prezidentning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar
tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi
(OAK) tashkil etildi.
Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni
asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga
yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki
va tashqi bozorga olib
chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya
tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi.
1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akade-
miyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
2000-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar
fondi dunyoning eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Prezidentning 2006-yil avgustdagi
«Fan va
texnologiyalar rivojlanishi-
ning muvofiqlashtirish va boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘-
risida»gi qaroriga muvofiq Vazirlar
Mahkamasi huzurida Fan va texnolo-
giyalarni
rivojlantirishni
muvofiq-
lashtirish qo‘mitasi tashkil etildi
(bugungi kunda vazirlik). Qo‘mitaga
fan va texnologiyalarni rivojlantirish-
ning ustuvor yo‘nalishlarini
ishlab
chiqish, akademik va oliy ta’lim
Innovatsion g‘oyalar, texnologiya-
lar va loyihalar Respublika
yarmarkasi
82
muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar
va loyihalar yarmarkasi o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar
davomida o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq
ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd.
so‘mdan ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi.
O‘zbekiston olimlari demokratik va huquqiy jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy rivojlanishini tadqiq qilish,
innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirish, energetika va energiya xomashyoni
tejash, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya, kimyo, bio va
nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-
muhitni
muhofaza qilish, tibbiyot, farma-kologiya, geologiya, geofizika,
seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib kelmoqda.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi.
Jumladan,
2002-yildan «O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to‘plamlari
nashr etilib, ularda respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik
tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010-yildan
esa «O‘zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlandi.
Fanning boshqa yo‘nalishlaridagi olimlar ham yirik natijalarni qo‘lga
kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti
tomonidan tayyorlangan 10 jildlik «Tabiiy birikmalar (O‘simlik zaxira-
lari, tuzilishi va xossalari)» nomli noyob ma’lumotnoma ingliz tilida
Londonda chop etildi. Bu ilm-fan
sohasida xalqaro hamkorlik
rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy
mahsulot eksporti 8,2 martaga ko‘paydi.
Dostları ilə paylaş: