78
yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli
tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar
natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari
ochildi.
Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti,
Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft
va gaz davlat universiteti, Singapur
menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning
Turin politexnika univer-
siteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi
Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti
filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: