80
ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa
respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini
yanada takomillashtirish, ilmiy-
tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or
xorijiy
mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning
1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali
tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan
tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda
tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va
tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini
berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
?
Dostları ilə paylaş: