O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Mulohaza qiling
!
Bugungi kunda tarix fani sohasida 4 ta akademik – Ahmadali Asqarov, 
Edvard Rtveladze, Anatoliy Sagdullayev va Dilorom Yusupova faoliyat 
olib bormoqda.
Atamalar izohi
:
Innovatsiya
– (ingl.— kiritilgan yangilik, ixtiro) Ilg‘or texnologiya, 
boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda 
qo‘llanishi.
Immunologiya
– (yun. — tushuncha, ta’limot) Organizmning kimyo-
viy xususiyatlari, uning immuniteti haqidagi fan.
Integratsiya
– (lot

— tiklash, to‘ldirish) Ayrim qismlarning, ele-
mentlarni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. Fanlarning 
yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish jarayoni.


85
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan Oliy attustatsiya ko-
missiyasining vazifalari nimalardan iborat edi?
2. Astronomiya sohasida qanday ilmiy yangiliklar amalga oshirildi?
3. Fanlar akademiyasining faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Ilmiy daraja (fan nomzodi, fan doktori)ga ega bo‘lishning bir bosqichli 
tizimidan ikki bosqichli tizimga o‘tishga nimalar sabab bo‘ldi?
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilm-fanni 
rivojlantirish borasidagi tashabbuslari nimalarda namoyon bo‘ldi? 
6. Arxeologiya fani sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
13-mavzu. 
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya
va sportning rivojlanishi
Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlovchi tizimning 
yaratilishi
. O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, 
madaniyat, ta’lim, ilm-fan bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport 
ishlariga katta e’tibor qaratildi. Davlat byudjetidan ajratilayotgan 
mablag‘ning muttasil ortib borishi ham mamlakatda jismoniy tarbiya 
va sport sohasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida 
qaralib, sohaga bo‘lgan katta e’tibor ko‘rsatkichidir. Darhaqiqat, nufuzli 
xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sportchilarining muvaffaqiyatli 
ishtirok etishlarining eng asosiy sabablaridan biri ham ushbu sohaning 
dalat tomonidan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanganligidir.
1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 
«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» Qonun qabul qilinishi va 
unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 2015-yilda yangi tahriri 
tasdiqlanishi sport sohasini yanada rivojlanishiga xizmat qildi.
Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslash-
tirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya zaxiralari 
kollejlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘r-
satmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 
10-avgustda «O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Unga 
muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini Toshkent viloyati, 
?


86
Chirchiq shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 
2017–2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini 
rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Toshkent, 
Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Andijon, Samarqand, 
Guliston va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob beradigan 
qator sport majmualari qurildi. Toshkent shahridagi «Yunusobod», «Jar», 
«Bunyodkor», Namangan shahrida «Pahlavon», Jizzax shahridagi olim-
piya zaxiralari kolleji sport majmualari va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil fevraldagi farmoniga muvofiq,
O‘zbekistonda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, uning negizida 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin