88
to‘la- to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport
va olimpiya harakatining
rivoj-
lanishiga yordam bermoqda. U O‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini
targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakillari ishtirokini
ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va
rivojlantirish vazifalari bilan shug‘ullanmoqda.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olim-
piya Qo‘mitasining
qaroriga muvofiq,
jahon sportini rivojlantirishdagi xiz-
matlari va olimpiya g‘oyalariga sado-
qati uchun O‘zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti I.Karimov
Olimpiya Oltin ordeni bilan muko-
fotlandi.
Toshkentda 1996-yil avgustda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tash-
kil etildi. 2000–2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yin-
larida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. A.Tay-
mazov, M.Ibragimov (erkin kurash), A.Doktorashvili (yunon-rum kurashi),
R.Sobirov (dzyudo), O‘.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov (boks), A. Fokin
(sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko (tramplin)
kabi sportchilarimiz
mamlakatimiz sporti shuhratining xalqaro maydonda yanada oshishiga o‘z
hissalarini qo‘shdilar. Xususan, erkin kurashchi Artur Taymazov bir necha
karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yagona sportchi bo‘ldi.
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI
yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi.
Ushbu Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi.
Charm qo‘lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga
muvaffaq bo‘ldilar. Ular: Hasanboy Do‘stmatov,
Shahobiddin Zoirov,
Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev
(kumush), Rustam To‘laganov (bronza), Murodjon Ahmadaliyev (bronza).
Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng yuqori natijadir.
Sportning ushbu turida medal jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston
va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldirib,
mazkur sport
turida birinchilikka erishdilar.
Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov
Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi.
2016-yilgi Olimpiada sovrindorlari.
89
Futbol
. Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’ti-
bor davlat siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda
ommaviy
va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini
mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini
tayyorlash va tarbiyalash,
Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yilda
«O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi, 1996-yilda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy
asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘-
risida»gi, 2006-yilda «O‘zbekistonda fut-
bolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidentining qarori
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Dunyoga O‘zbekiston
sportchilarining
salohiyati va qudratini namoyon eta-
yotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov
O‘zbekiston futbol federatsiyasining xal-
qaro toifadagi hakami, 2003-yildan FIFA
hakami statusini olgan. 2008, 2009,
2010, 2011 va 2014-yillarda besh maro-
taba Osiyoning
eng yaxshi hakami deb
e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyush-
malari federatsiyasi uni 2011-yilda
«Dunyoning eng yaxshi hakami» si-
fatida tan oldi. U o‘z faoliyati davo-
mida futbol bo‘yicha
jahon chem-
pionatlari fi nal bosqichida eng ko‘p –
9 uchrashuvni boshqarib (2014-yilga
Dostları ilə paylaş: