75
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy
bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida
va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
Mutaxassislarning ilmiy
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot
va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois,
bolalarning sog‘lom
va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha
tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, moddiy-texnika ba-
zasini
mustahkamlash, maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmog‘ini ken-
gaytirish, malakali pedagog kadrlar
bilan ta’minlash maqsadida O‘zbe-
kiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha
ta’lim tizimini boshqarishni takomil-
lashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim
vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha
ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim
bosh boshqarmasi,
viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va
tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
Na’munali MTM xonasi.
Yodda tuting
!
2017-yilga kelib O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim
muassasalari faoliyat yuritmoqda. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni
45%ga kamaygan. Ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy
bolalar sonining 30% ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: