87
Mustaqillik yillarida nafaqat sportning xalq o‘rtasidagi
ommaviyligini
ta’minlash, balki ayrim sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi.
Jumladan, o‘zbekcha kurash, tennis, shaxmat, boks bo‘yicha O‘zbekiston
sporti jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Tennis bo‘yicha Iroda
To‘laganovaning, boks bo‘yicha Ruslan Chagayev, Artur Grigoryan va
Muhammadqodir Abdullayevlarning dunyo sport
arenalaridagi yutuqlari
O‘zbekiston sportchilarining dastlabki natijalari edi.
Kurash
. Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta
tiklanishiga va ularning sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga
imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida
milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 1992-yilda Oʻzbe-
kistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbogʻli
kurash federatsiyasi
tuzildi. Prezidentning maxsus farmoni
bilan 1998-yili sentabr oyida Tosh-
kentda Osiyo, Afrika va Yevropa
qit’asidan kelgan 28 davlat vakillari
ishtirokida
Xalqaro kurash Assot-
siatsiyasi tuzildi.
2000-yilda esa Turkiyaning Anqara
shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon
chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbek
kurashi jahonga yuz tutishi bilan
yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. 2016-yilga kelib, Xalqaro kurash
Assotsiatsiyasining jahonning barcha qit’alarida 120
dan ortiq kurash
federatsiyalari tashkil etildi. Milliy sport turimizning xalqaro maydonda keng
tan olinishi ham mamlakatimiz xalqaro aloqalarini yanada kengayishiga,
uning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: