92
shunday mushtarak maqsadlar mujassam. 1991-yil noyabrda «O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi
qonun qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
«Umid» jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi «O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi mam-
lakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy
ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol
avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni,
jumladan, qizlarni intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada
keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at,
fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini, salohiyat va qobiliyatlarini
namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1999-yilda qabul qilingan «Zulfi ya nomidagi davlat
mukofotini ta’sis etish bo‘yicha taklifl arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi
farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning
shakllanishiga zamin yaratdi.
80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik
ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs
yo‘nalishlarida «Nihol» mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga
ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: