111
O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft
va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida
joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi
sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari
o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli davlatlar mazkur mintaqada
o‘z manfaatlarini izlamoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston mintaqadagi
etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan
rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan
Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston bevosita
dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda
joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon
dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb
3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma
daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan
ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv
resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir.
Dostları ilə paylaş: