108
Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi.
Muzey.
Millatimizning o‘zligini
anglashda milliy, tarixiy qadriyat-
lari-mizni tiklashda muzeylar alo-
hida o‘rin tutadi.
Muzeylar tarixiy
yodgorliklar maskani, adabiyot,
san’at, urf – odatlari, hayot obrazla-
rimizning moddiy va maishiy
jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi,
tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni,
tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin.
Shu boisdan ham
mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor
berildi.
1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati,
2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi –
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi.
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar
faoliyatini tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda
muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat
muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar
faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish,
moddiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Res-
publika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshi-
rishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u
1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi.
Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari
bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8
sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi.
Dostları ilə paylaş: