103
2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro fo-
rumlar saroyi, 2011-yilda Simpozium-
lar saroyi
va Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan
tashkil topgan Ma’rifat markazi maj-
muasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida
Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat
maskanlari ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining «O‘zbekiston teatr san’atini
rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin
tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda
teatr arboblarining faol
ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol
sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib,
«O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga
o‘tkazildi.
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan
«Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik
drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu
qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Umuman, mustaqillik o‘zbek teatr-
lari va san’atkorlarining dunyo sahna-
siga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi.
Poytaxtdagi respublika
teatrlari qatorida
viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy
munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu
borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom
teatri va Qashqadaryodagi
«Eski masjid»
teatr-studiyasi faol bo‘ldi.
1993-yilning 23–30-oktabr
kunlari
Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va
G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan
kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan
ahamiyatli bo‘ldi.
Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston
Milliy kutubxonasi
.
O‘zbek milliy akademik drama
teatri binosi.
104
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
teatr jamoalari Amir Temur
mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali
drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida
sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi.
Bu
jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida
olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna
ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek,
jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi.
Milliy
mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy doston-
lari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar
drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi.
Dostları ilə paylaş: