101
2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni
Karimning shayx
Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi.
O‘zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar.
Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas haj va umra amallarini
ado etish imkoniyatiga erishdilar. Agar
sovet davrida mamlakatimiz
fuqarolaridan 3-4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 2016- yilga qadar
har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishdi.
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning
tiklanishi bir kunda
bo‘ladigan
jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda
izchillik bilan ish
olib borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining
1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-Marg‘inoniy
tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari fi krimizning
yaqqol isbotidir. 2003-yili esa naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq
G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
Buni o‘qing
!
1997-yil Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni
bilan mukofotlandi.
2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
2007-yil
–
Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Yodda tuting
!
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi sonining va
so‘nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlar sonining oshib
borayotgani e’tiborga olinib, 2017-yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun
haj kvotasi soni 5200 dan7200 nafarga ko‘paytirildi.