128
davlat jahon tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari ish olib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respub-
likasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifi ga binoan, 2017-yilning
noyabrida
Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga
tarixiy burilish yasovchi davlat tashrifi bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda
o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa
sohalardagi davlatlararo
aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro
muammolar yuzasidan bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mam-
lakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o‘rnatish
hamda rivoj-
lantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar toifasiga to‘la
ma’noda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin. Janubi-
sharqiy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‘ziga xos
o‘rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o‘nta rivojlanayotgan mamlakatni
o‘z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish
sur’atlari bo‘yicha
Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi
mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan
so‘ng to‘plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
borasidagi tajribasi
yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib
o‘tgan rasmiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo
munosabatlarga mustahkam poydevor yaratdi. Bularning bari O‘zbekiston
Dostları ilə paylaş: