O`zb tarix 11 узб indd


–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish-



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 
amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy 
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavf-
sizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxl-
sizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson 
huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim 
poydevor bo‘ldi.


34
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida 
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan 
rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo 
etdi. Mamlaktning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning 
barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga 
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev-
raldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj-
lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
tasdiqlandi.
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan 
masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish 
amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri 
bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat 
dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik 
qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan 
vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Yodda tuting
!
– Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomil-
lashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (Moviy havorang – 
osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi);
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 
(Siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi);
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (Tillarang – iqtisodiyotni 
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi);
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (Qizil rang – hayot va aholining munosib 
turmush tarzini ta’minlash ramzi);
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli 
va amaliy tashqi siyosat (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari 
hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi).


35

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin