O`zb tarix 11 узб indd


Mamlakatimizda demokratik islohotlarni



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami-
yatini rivojlantirish konsepsiyasi. 
Islom Kari-
movning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-
chilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi-
dagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida qilgan 
ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sar-
hisob qilish hamda jamiyat va davlat hayoti-
ning barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish 
nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida 
amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb 
vazifalar belgilab berildi.
I. Karimov, 2010 y. 12-noyabr.
Yodda tuting
!
Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va 
boshqaruvini demokratlashtirish

sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh 
qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash 
va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini 
shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni 
yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga asosan Kons-
titutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga 


32
asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik 
o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy 
partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib 
chiqib 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish 
va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillash-
tirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni 
liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya 
berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. 
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash 
sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul 
qilindi. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot 
vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «
Ommaviy axborot 
vositalari
ni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi 
qonunlarni qabul qilish belgilandi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonun-
chiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov 
tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan 
oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari 
faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga 
o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi 
bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish, O‘zbekiston Respublikasida 
jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi 
qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin