32
asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik
o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy
partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib
chiqib 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish
va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillash-
tirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni
liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya
berish huquqi sudlarga o‘tkazildi.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash
sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul
qilindi. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot
vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «
Ommaviy axborot
vositalari
ni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi
qonunlarni qabul qilish belgilandi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonun-
chiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov
tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan
oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari
faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga
o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi
bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish, O‘zbekiston Respublikasida
jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi
qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: