MAVZU:O`ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRALOYGAN ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHLARI.
REJA:
1. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar.
2. O`zbekistonning davlatlar bilan siyosiy aloqalari.
3. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotning ustuvor yo`nalishlari.
Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar.
Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo`yicha siyosatni tasdiqladi. Mamlakat iqtisodiyotini import o`rnini bosish modelidan eksportga yo`naltirilgan rivojlanish yangi modeliga o`tish bo`yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan bir qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog`liq. Bu eksportga yo`naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o`sishi yangi modelini yo`lga qo`yishning muhim bosqichi.
Valyutadan tashqari, boshqa qanday muhim islohotlar amalga oshirildi?
Bu haqida kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o`zgarishlar yuz berdi.
Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini amalga oshirish bo`yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o`zgarish buldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga xalq qabulxonalari ham ko`paydi. Aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o`zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo`ldi. Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo`yicha jiddiy ish ketmoqda.
Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma`lumot ochiqroq bo`ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O`zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur`ati bo`yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. Bu juda muhim-davlat, jamiyat va biznesning o`zaro aloqasi jarayonlarni optimallashtirish bo`yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo`lmoqda. Fuqaro uchun ma`lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti.
Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma`lumot ochiqroq bo`ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O`zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur`ati bo`yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. Bu juda muhim-davlat, jamiyat va biznesning o`zaro aloqasi jarayonlarni optimallashtirish bo`yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo`lmoqda. Fuqaro uchun ma`lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti.
Juda keng ko`lamli vazifalar qo`yilgan, ko`plab yo`nalishlar bo`yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Mening fikrimcha, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o`zida bajarish byudjet uchun juda kuchlu yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor yo`nalishlar belgilaab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz.
O`zbekistonning davlatlar bilan siyosiy aloqalari.
O`zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo`shnilar bilan munosabatlarni yo`lga qo`ymoqda. Turkmaniston, Qozog`iston bilan avvalgi bosqichda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljish ro`y berdi.
Mintaqada o`ziga xos o`zak tashkil topdi: Turkmaniston-O`zbekiston-Qozog`iston.
Qirg`iziston bilan ba`zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o`z yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Qirg`iziston O`zbekiston uchun muhim.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotining ustuvor yo`nalishlari.
O`zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o`zgartirishning hamda yetakchilikka xhiqishning uddasidan chiqdimi?
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston tashqi savdo sheriklari ro`yxatida Rossiya birinchi o`ringa qaytadi, u bu pozitsiyasini 2015-yilda yo`qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash siyosati ishlamoqda. Ba`zilar bu to`siqlarga chap berish siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat-to`siqlardan qochish san`atidir. Hamma gap bu senda qanday berishi va nimalarni berishida. Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to`ldirildi.
Bu O`zbekiston YaIM yarmidan ko`p. O`zbekiston to`g`ridan-to`g`ri, qandaydir ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdori.
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ijobiy, ishonchli dinamikasi bor. Rossiyaga o`zbek meva-sabzovot mahsuloti eksporti ancha o`sganini ta`kidlab o`tmoqchiman. Joriy yilda u minimum 2 barobarga oshadi. Hamda bu chegara emas-ijobiy kayfiyat Rossiya bundan manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan.