O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
1996-yil Andijon viloyati Asaka shahrida Markaziy Osiyo hududidagi
birinchi avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shu yildan boshlab bir qancha 
rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi: 1996-yil – 
Damas, Tico, Nexia; 2001-yil – Matiz; 2002-yil – Nexia DOHC; 2003-yil –
Chevrolet Lasetti; 2004-yil – Matiz Best; 2006-yil – yangilangan Damas; 
2007-yil – Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma; 2008-yil – yangilangan 
Nexia; 2010-yil – Shevrolet Spark; 2012-yil – Chevrolet Malibu, Chevrolet 
Cobalt; 2013-yil – Lasetti II (Gentra); 2014-yil – Chevrolet Orlando. 
2015-yilda esa, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan “Ravon” milliy markasi 
ostida Nexia – 3 modelining taqdimotini amalga oshirdi.
etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q, 
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida 
«O‘zavtosanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi Fransiyaning «Pejo Sitroen» 
guruhi bilan hamkorlikda «Peugeot» va «Citroyon» brendlari ostida 
yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab 
chiqarishga ixtisoslashtiriladi. U yerda 2019-yildan boshlab har yili ichki va 
tashqi bozor uchun yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona 
quriladi.
Agrar islohotlar. 
Milliy istiqlol-yillarida mamlakat hukumati tomoni-
dan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq


44
xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshiril-
gan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar 
shakllantirildi. 
1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 
82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%, sut va sut 
mahsulotlarining 60% chetdan keltirilar edi. 
1991–2000-yillarda qish-
loqda amalga oshirilgan tub agrar 
islohotlar O‘zbekiston qishloq hayo-
tini yangi shakl va tizimga o‘zgartirib 
yubordi. Mamlakatda s
uv tanqisligi 
hisobga olinib, 1998-yildan boshlab 
paxtachilikda Isroil texnologiyalari aso-
sida tomchilatib sug‘orish usuli, Andi-
jonlik paxtakorlar tashabbusi bilan
chigitni plyonka ostiga ekish texnolo-
giyasi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbe-
kiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda 
turadi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi «Chorvachilikda xususiy-
lashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Natijada respublikada 
ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% in xususiy sektor bera 
boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer 
xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini 
tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi «Dehqon (fermer) xo‘ja-
ligi to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini 
belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi «Fermer xo‘jaliklari 
to‘g‘risida»gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivoj-
lanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat oziq-ovqat muammosini 
o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini 
ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Mam-

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin