O‘zingizni sinang
!
Iqtisodiy-ma’muriy tashkilotlar – bu ...
Beshta tamoyil – bu ...
Xususiylashtirish jarayoni – bu ...
Islohot bosqichlari – bu ...
!
Milliy valyutaning qabul qilinishi
. O‘zbekiston davlat mustaqilligini
qo‘lga kiritib o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq
bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan, O‘zbekiston
38
1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo
sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning
keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib
bordi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy
kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m –
kupon nusxalari tayyorlanadi va 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m –
kupon muomalaga kiritildi. Uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan
rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m – kuponlar asosida
zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«
O‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»
gi farmoniga muvofi q,
1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va
qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyuta – so‘m muomalaga chiqarilgan.
Yodda tuting
!
Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997-yildan 200
so‘mlik, 2000-yildan 500 so‘mlik, 2001-yildan 1000 so‘mlik, 2013-yildan
5000 so‘mlik, 2017-yildan 10000 va 50000 so‘mlik banknotlar chiqarildi.
Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.
Res-
publika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va
aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish
tizimini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy
aviakompaniyasi (1992-yil), «O‘zbekiston avtomobil transporti» («O‘zav-
totrans») davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), «O‘zbekiston temir
yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil
etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik
kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va mas’uliyati
cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradi-
gan avtomobil yo‘llarini qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga mos-
lashtirish rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda
tutgan o‘rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo‘shni davlatlar bilan
iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1996-yildan Toshkent–
Andijon–O‘sh magistralining 100 km dan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish
39
ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonnellari foydalanishga topshirildi.
Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz
va
Samarqand–Buxoro–Ashxabod
Turkmanboshi avtomobil yo‘li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‘-
laydigan avtomobil yo‘li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi bir
qismi)ning respublika hududidan o‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga
oshirildi. O‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan
bog‘laydigan 340 kilometrli Qo‘ng‘irot–Beynov avtomobil yo‘li qurilishining
birinchi bosqichi yakunlandi.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish
bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy–
Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar
tashish ishlarini maqbul holga keltirish, kommunikatsiyalarni jadal rivoj-
lantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni
kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi
faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2004-yilda «O‘zbekiston transport
va transport kommunikatsiyalari uyushmasi» tashkil etildi. Uyushma tarki-
biga «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zbe-
kiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va
daryo transporti agentligi, «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi, transport kom-
munikatsiyalarini qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish
tashkilotlari kiritildi.
Bu davrda «O‘zbekiston havo yo‘llari» belgisi bilan parvoz qilayotgan
samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam
qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o‘zgarishlar
mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi
obro‘-e’tiborini yanada oshirishda o‘ziga xos omil bo‘ldi.
Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 2001-yilda
341 km bo‘lgan Navoiy–Uchquduq–Sultonzoda yo‘nalishi, 2007-yilda
uzunligi 220 km bo‘lgan G‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi
qurilishi tamomlangan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-
sotiq, tranzit aloqalarining rivojlanishi va O‘zbekistonni dengiz tran-
sportiga olib chiqadigan eng yaqin yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tishini
hisobga olgan holda bir qator yangi temir yo‘l qurish loyihalari ishlab
chiqildi. 2010-yil O‘zbekiston Afg‘oniston uchun strategik ahamiyatga
40
ega bo‘lgan loyihani amalga oshirdi, ya’ni Hayraton–Mozori Sharif temir
yo‘lining 75 kilometrini qurib berdi. Bu kabi tranzit loyihalarining amalga
oshirilishi O‘zbekiston tashqi savdo geografiyasining kengayishiga asos
bo‘ladi.
2016-yil iyunda Angren–Pop temir
yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi.
Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi
Angren–Pop tarmog‘ining qurilishi
Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning
boshqa hududlari bilan bog‘lashga
imkon tug‘dirdi. Bundan tashqari,
temir yo‘lning uzunligi 123,1
kilometrni tashkil etib, ushbu loyiha
doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan
iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli
qurildi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati
yo‘lovchi tashish sohasida yangi tex-
nologiyalarni joriy etish uchun Tosh-
kent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab
tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil
qildi. Yangi tezyurar poyezd nomi
Afrosiyob bu – Samarqand viloya-
O‘zbekiston temir yo‘llari xaritasi.
Afrosiyob poyezdi.
Qamchiq tunneli.
Nukus
Urgench
Buxoro
Navoiy
Samarqand
Termiz
Qo‘qon
Marg‘ilon
Andijon
Qarshi
Olat
Toshkent
41
tida joylashgan qadimiy shahar sharafi ga qo’yildi. 2011-yilning oktabridan
boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili
ikkinchi poyezd ham
keltirilib, 2012-yilning mayidan o‘z qatnovini boshladi.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda o‘sdi.
2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi
qismi foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi.
2016-yil Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan
Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda.
Mazkur qarorga ko‘ra yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib foydalanishga
topshirish ko‘zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy
Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod
etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer
ustida harakatlanadi.
O‘zbekiston dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni cheklangan 34 ta
davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‘llari transporti respublika
iqtisodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi.
2012-yilga kelib aviakompaniya
zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. «O‘zbekiston havo yo‘llari»
aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga
oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishning havo harakatini boshqar-
moqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan,
so‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni
ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan markazning
xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya
xizmati ko‘rsatila boshlandi. O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing –
757/767, A-320 samolyotlari, vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100
zamonaviy laynerlari, Boeing – 767–300 ER yuk tashuvchi
samolyotlarga
ega bo‘ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing – 787 Dreamliner
keltirildi. Xalqaro parvozlar xaritasiga e’tibor bersak, O‘zbekiston MDHning
barcha yirik shaharlari va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Dostları ilə paylaş: |