O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat 
qanday edi?
2. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tizimining mohiyati 
nimalardan iborat?
3. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan 
iborat?
4. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda 
qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Jarayon nomi
Yili
Ahamiyati 
1
Afrosiyob tezyurar poyezdi ishga tushdi
2
Avtomobilsozlik
6-mavzu.
 Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi
va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 
2000-yilda boshlangan iqtisodiy 
islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi dara-
jasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolat-
larini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy 
aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002- 
yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. 
Bunda eksport tarkibini diversifikatsiyalash va xomashyo mahsulotlari 
hamda materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi 
ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish, yangi texnologiyalar olib 
Atamalar izohi
!
Dotatsiya
(lot. — tuhfa) – maʼlum harajatlarni qoplash uchun 
iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik 
sharti bilan pul mablagʻi berilishi.
Aeronavigatsiya
– (lot. — kemada suzish) Uchish apparatlarini tegishli 
asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; 
havo navigatsiyasi.
Magistral
– (lot. — bosh, asosiy) asosiy yo‘l. Qatnov yo‘li, umuman, 
tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi.
?


47
kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet 
el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida 
belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni 
tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi 
uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar 
tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi 
oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi «Iqtisodiyot real
sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliya-
viy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb 
qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat bank-
lariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi tavsiya 
etildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlan-
tirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xusu-
siylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin