O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar:
1. 2017-yil valyuta sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlari va mulkdorlar sinfining shakl-
lanishi borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan siyosat.
3. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid islohotlardagi muvaffaqiyatlar va 
muammolar nimalardan iborat?
4. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida transport tizimi, temir yo‘llar va 
havo yo‘llarining ahamiyati haqida gapiring.
5. Iqtisodiy taraqqiyotda xorij investitsiyasini jalb etish siyosatining aha-
miyatini tushuntiring.
6. Erkin iqtisodiy zona deganda nimani tushunasiz?
7-mavzu.
 Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. 
XX 
asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «So-
vet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni
egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakat-
dagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillar-
ning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekis-
ton aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab 
muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yil-
larning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskin-
likning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat 
murakkablashdi. 
?
Atamalar izohi!
Diversifikatsiya
– (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengay-
tirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot 
turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Logistika
– (yun.
 
logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoli-
yatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin