O`zb tarix 11 узб indd


Turli din vakillariga munosabat



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Turli din vakillariga munosabat
. Ilmiy manbalar o‘lkamizda qadim 
zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi
murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borgan-
liklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekistondagi islom, 
xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari 
misolida ham ko‘rish mumkin.
Umuman, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan noislomik konfes- 
siyalari turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida totuvlik va do‘stlik 
rishtalarini mustahkamlashda muayyan 
mavqega ega.
Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini 
bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, 
yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyute- 
ranlar, krishnaitlar, buddistlar, pyatide-
syatniklar, Iegova xudosi shohidlari, yangi 
havvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari 
bir qancha din va mazhablar mavjud. 
Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, 
talab va ehtiyojlari mavjud.
O‘rta Osiyodagi musulmon va boshqa
konfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, 
ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan, bular 
o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar 
vakillarining murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor 
yengib o‘tishlari natijasida shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraq-
qiyot va farovonlik bo‘lishidan barcha
din vakillari manfaatdor bo‘lib, ba’zi 
konfessiyalar vakillari O‘zbekistonda va 
xorijda tashkil etilayotgan ma’naviy 
va ma’rifiy tadbirlardagi ma’ruzala-
rida respublikada diniy bag‘rikenglik 
va ijtimoiy barqarorlikni mustahkam-
lash borasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bil-
Toshkentdagi Minor masjidi.
Toshkentdagi Rim-katolik cherkovi.


69
dirmoqdalar. Bunday munosabat davlat tomonidan ham taqdirlanmoqda. 
Mitropolit Vladimirning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangani buning 
yorqin dalilidir.
Respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash-
da konfessiyalarning ham muayyan o‘rni bor. Birinchidan, ular o‘z fao-
liyatlari davomida aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol top-
tirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, 
mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turli nizo va 
murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga 
qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin