O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy 
merosi 
ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), 
Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda 
Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 
2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro 
maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali 
o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan 
ijrochilar ishtirok etishdi.
Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy 
yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida 
ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi 
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning 
yangi binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao-
liyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 


106
uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at 
maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa 
asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi 
notalari bilan ta’minlandi.
«Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, 
«Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, 
«Sozlar 
navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib 
kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-
quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. 
O‘zingizni sinang
!
Konservatoriya – bu ...
Nomoddiy madaniy meros – bu ..
Musiqa festivallari – bu ... 
Ma’naviyat maskanlari – bu ...
!

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin