O`zb tarix 11 узб indd


-mavzu.  O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

18-mavzu.
 O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari
bilan o‘zaro hamkorligi
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy 
Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qara-
tilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, 
madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ket- 
ganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning 
zaminidir. 
Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi 
o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har 
qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. 1993-yilning 
yanvarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo 
davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi 
bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat – 
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari 
Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r 
mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-quvvatladilar.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublika-
sining Qizil O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil 
Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus 
shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar 
va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar. 1999-yil Turkmaniston 
Prezidentining saroyida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining 
majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni 
barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama 
qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va 
xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


115
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan 
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr 
boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston 
davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 
2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga 
oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida 
«Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va 
taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar 
xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin