O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston-Tojikiston. 
Tojikistonda 1992–1996-yillarda davom etgan 
birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir
etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorli-
giga ham salbiy ta’sir etdi. 
1997-yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat 
kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach, 
Tojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana tiklandi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 
yanvarda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga amaliy 
Sh. Mirziyoyev Bishkekda.


118
tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha 
qo‘shma axborot imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk 
tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonning qarzi bo‘yicha o‘zaro 
hisob-kitob to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston Tojikiston 
hududidan o‘tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda. 
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ham yil sayin 
ortib bordi. 
2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa 
ochildi. Shu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arab-
musulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti 
Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab 
manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan 
so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi.
Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti. 2017. Ar-Riyod.
Yodda tuting
!
2017-yil aprelda Dushanbeda ikki tomonlama munosabatlar tarixida 
ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng ko‘lamli 
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. May oyining boshida esa tojik-o‘zbek 
munosabatlari tarixida ilk bor Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati 
kunlari o‘tkazildi.


119

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin