O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Atamalar izohi
!
Delimitatsiya
– (lot

– chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini 
tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida 
belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.
Sammit
– (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir 
necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha 
uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.
?
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida nima sababdan O‘zbekiston eng 
avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini 
mustahkamlashga e’tibor qaratgan?
2. 2017-yil Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda qanday tub 
o‘zgarishlar bo‘ldi?
3. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda, Nursulton Nazarboyevga 
«El-yurt hurmati» ordeni berilishi sabablarini izohlang.
4. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlardagi ilk 
tashrifi qaysi davlatga bo‘ldi?
5. «Turkiston – umumiy uyimiz» shiorini izohlang.
19-mavzu. 
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya, Xitoy va AQSH 
bilan o‘zaro munosabatlari
O‘zbekiston–Rossiya
. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro 
hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va 
Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va ham-korlik 
1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi- 


121
dagi shartnoma, 1998-yil imzolangan 
1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor-
likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartno-
malar asosida rivojlanib bordi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston – 
Rossiya munosabatlari yangi bosqichga 
ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan 
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya 
Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sherik- 
lik to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyat 
kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va 
Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi 
shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 
yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya 
Federatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi 
deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro munosabatlarida alohida voqea 
bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining yanada 
rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti 
I.A. Karimov va Rossiya Prezidenti V.V.Putin o‘rtasidagi Moskva 
uchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida davlatlarning 
keng qamrovli o‘zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holati 
va istiqboli ko‘rib chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan 
keyingi davr ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro 
shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi.
2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy 
tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 
siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, 
shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid 
umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin