O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, 
Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy 
Yodda tuting
!
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning 
dastlabki vaqtlaridanoq, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, 
turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi ana shu 
qadimiy aloqalarni yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib, 
“Turkiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyani ilgari surgan edi.


139
ShHT gerbi.
tili, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida 
tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning 
shtab – kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-
yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining 
sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy 
sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash 
bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel) 
imzolanishi natijasida «Shanxay beshligi» 
vujudga kelgan edi. 1997–1999-yillarda Mos- 
kva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan 
sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro 
ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2000-yil 
Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida 
ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok 
etib, O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi 
to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga 
kirishi munosabati bilan uning nomi «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – 
ShHT», deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida «ShHTni tuzish to‘g‘risida»gi 
deklaratsiya hamda «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi 
kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. 2002-yil ShHTga a’zo 
mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt – Peterburg sammitida uchta 
hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, 
ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) 
haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda 
ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi, 
bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida «ShHTga 
a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo – iqtisodiy hamkorlik 
dasturi» qabul qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo – 
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 
2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati Hindiston, 
Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul 
qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro 
mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston 


140
ShHT xaritasi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin