kirish
Hindiston madaniyati etnik-lingvistik jihatdan xilma-xil Hindistonda paydo bo'lgan yoki ular bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy me'yorlar, axloqiy qadriyatlar, an'anaviy urf-odatlar, e'tiqod tizimlari, siyosiy tizimlar, artefaktlar va texnologiyalar merosidir. Bu atama Hindistondan tashqari, tarixlari Hindiston bilan immigratsiya, mustamlakachilik yoki ta'sir orqali, xususan, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyoda kuchli bog'langan mamlakatlar va madaniyatlarga ham tegishli. Hindistonning tillari, dinlari, raqsi, musiqasi, arxitekturasi, taomlari va urf-odatlari mamlakat ichida ham farq qiladi.
Ko'pincha bir nechta madaniyatlarning kombinatsiyasi sifatida belgilangan hind madaniyati Hind vodiysi sivilizatsiyasi va boshqa ilk madaniy hududlardan boshlab bir necha ming yillik tarixdan ta'sirlangan. [1] [2] Hindiston dinlari, matematika, falsafa, tillar, raqs, musiqa va filmlar kabi hind madaniyatining ko'plab elementlari Indosfera, Buyuk Hindiston va butun dunyo bo'ylab chuqur ta'sir ko'rsatdi. Xususan, Janubi-Sharqiy Osiyo va Himoloyning Hindistonga ta'siri hinduizm va hind mifologiyasining shakllanishiga doimiy ta'sir ko'rsatdi. Hinduizmning o'zi Vedik davrida va keyingi davrlarda birlashgan turli xil xalq dinlaridan shakllangan. [3] Ayniqsa, avstroasiatik guruhlar, masalan, Munda va Mon Khmer, shuningdek, Tibet va boshqa Tibet-Birma guruhlari mahalliy hind xalqlari va madaniyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Professor Przyluski kabi bir qancha olimlar erta Hindistonga sezilarli madaniy, lingvistik va siyosiy Mon-Kxmer (Avstroosiyo) ta'siri bor, degan xulosaga kelishdi, buni hind-aryan tillari va sholi etishtirishdagi avstroosiyo so'zlari bilan ham kuzatish mumkin. Janubi-Sharqiy Osiyodan Shimoliy-Sharqiy Hindiston orqali Hindiston yarimoroligacha bo'lgan marshrutdan foydalangan holda Sharqiy/Janubiy-Sharqiy Osiyo sholichi qishloq xo'jaligi mutaxassislari tomonidan kiritilgan. [4] [5] Britaniyalik Raj hind madaniyatiga yanada ta'sir ko'rsatdi, masalan, ingliz tilini keng joriy etish orqali [6] va mahalliy dialekt rivojlandi.
mundarija
1
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, ҳayvonot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. 5 ming yillikning oxiri 4 ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun`iy sug’orishga asoslangan dexqonchilik vujudga kelgan. 4 ming yillik o'rtalariga kelib bu joyda o'ziga xos eng qadimgi Hind madaniyati vujudga kelgan. Dexqonchilik, ҳunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaҳarlar paydo bo'lgan. Nixoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyati qadimgi davlatlar yuzaga keladi.
Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo'lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo'lib, shahar maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko'chalar, pishiq va xom g’ishtlardan qurilgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. Shaharda pishiq g’ishtdan qurilgan suv taxmoni va bo'lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g’ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo - Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me`morchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o'zlarining ieroglif yozuvlariga ham ega bo'lgan. Ikkala shaharda ham yirik g’alla omborlari topilgan bo'lib, bu davlatni markazlashgan darajasini ko'rsatadi.
Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlari topilgan. Harappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari borgan ilk quldorlik davlati e`di.
Mil. avv. 2 ming yillik o'rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko'chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor yerlariga kelib o'rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. Oriylar bilan maxalliy xalq o'rtasidagi qonli janglar Hindlarning xalq og’zaki ijodiyoti namunalari bo'lgan «Mahobharat» va «Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan. Hindlar o'zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo'lganlar. Ularda astronomiya va matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, o'zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og’zaki ijodining yuksak namunasi Vedalar, gimnlar, qo'shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to'plam tuzilgan. Vedalarda xayot va o'lim masalalari bo'yicha fikr yuritiladi. Bu ta`limotga ko'ra jon doimo bo'ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o'tadi. Hindlarning Veda ta`limoti inson mutloq jon bilan qo'shilishi, o'z jonini boshqara olmasligi, bu juda qiyin bo'lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g’risida fikr - mushohada yuritiladi. Ana shu ta`limot asosida yoga harakati kelib chiqqan.
Mil. avv. 6 asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo'ladi. Bu ta`limotning asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yillari yashagan. Budda so'zining sanskritcha (oliy bilimlarni egallagan, haqiqatga erishgan) manosini beradi. Buddizm braxmanizmdagi odamlarni kastalarga bo'linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo'lishini e`tirof e`tadi.
Buddizm ta`limoti to'rt xaqiqatda o'z ifodasini topgan: 1. Turmush azob-uqubatlardan iborat; 2. Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir. 3. Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o'zlarining istak va nafslarini tiyishlari kerak; 4. Azob-uqubatlardan halos bo'lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal qilish kerak. Buddizm ta`limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy munosabatda bo'lish, boshqa tirik mavjudotga nisbatan zo'ravonlik ishlatmaslik, ayniqsa, o'ldirishni man g’oyasi e'tadi. Demak, inson axloqida gumanizm asosiy o'rin tutadi. Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, Xitoydan Koreyaga, Yaponiya, Mug’uliston va Tibetga tarqaladi. Me`morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g’isht va buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. I-VII asrlarda Bombey yaqinida tog’ni o'yib, 24 ta g’or monastirlari va beshta ibodatxona qurilishi, ya`ni Ajanta, majmuasi dunyo madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san’atning o'ziga xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko'rsatilgan san`at turlarining hammasidan foydalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050 yillari davomida Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vhodjuraho-ertaksifat sevgi bayrami ibodatxonasi o'zining ajabtovur ko'rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o'sha davrdayoq haykaltaroshlik sohasida o'zining nozik did, ulug’vorlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarini yaratganlar. Bularga hudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi haykallarni nisbat berish mumkin. Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni davolashda katta yutuqlarga erishgan. Davolashda ishlatiladigan doridarmonlar 1000 ga yaqin bo'lib, silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foydalanganlar. Hind kimyogarlari bo‘yoq va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat o'yinining vatani hisoblanadi.
Hind madaniyati va uning urf odatlari
Dostları ilə paylaş: |