O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Fuqarolar yig‘ini
Shaharchalar 
fuqarolar yig‘ini
Mahallalar fuqarolar 
yig‘ini
Qishloq va ovullar 
fuqarolar yig‘ini


25
Shunday qilib fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuri-
tadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining
uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga 
tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida 
raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy 
masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda 
hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar 
va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etildi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat 
yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari 
bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. 
Mustaqil ish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 99-105-moddalarining maz-
munini mavzu bilan bog‘lang. Misollar keltiring.
Saylov tizimi
. O‘zbekistonda demok- 
ratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo 
etilishida xalqaro huquq andozalari va 
talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos 
saylov qonunchiligi yaratilishi muhim 
ahamiyat kasb etdi. 
Dastlab saylov tizimini yo‘lga 
qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston Res-
publikasining referendumi to‘g‘risida» 
va «O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti saylovi to‘g‘risida» (1991-yil 
18-noyabr) qonun qabul qilindi. XX 
asr 90-yillarining boshida saylovlar, 
saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida 
Markaziy saylov komissiyasi raisi 
Sh. Mirziyoyevga Prezidentlik 
guvohnomasini topshirmoqda. 
2016 y. 14-dekabr.


26
bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, 
komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat 
boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi. 
Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday 
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil 
holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan 
fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, 
Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 
saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin 
ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan 
fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy
Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 
deputat etib saylanish huquqiga ega. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin