O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining quyidagi harbiy 
okruglari tashkil topdi:
1. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm 
viloyati);
2. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug (Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlari);
3. Markaziy harbiy okrug (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari); 
4. Toshkent harbiy okrugi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
5. Sharqiy harbiy okrug (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari).
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Milliy 
xavfsizlik xizmati tasarrufi da Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofi q 
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni 
hisoblanadi.
1995-yilning may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik 
kengashi tuzildi. Xavfsizlik Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti huzuridagi maslahatlashuv organidir. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga ko‘ra, ushbu Kengashning raisi hisoblanadi. 
Xavfsizlik Kengashi o‘zining majlislariga muvaqqat ravishda O‘zbe-
kiston Respublikasidagi har qanday mansabdor shaxsni taklif etishi 
mumkin. Kengash majlisi davomida bildirilgan taklif va mulohazalar 
ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va mamlakat Prezidenti tegishli qarorni 
Yodda tuting
!
2018-yil 10-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Xavfsizlik kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq, videokonferensiya 
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar 
holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilgani 
ta’kidlandi.


21
tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
Mamlakat Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 
9-yanvar «O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida»gi
qonun qabul qilindi. Qonun global-
lashuv sharoitida xalqaro va minta-
qaviy xavfsizlikka tahdidlar kengayib
borayotgan vaziyatda geosiyosiy 
qarama-qarshilik, kuch ishlatish, shu
jumladan ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash ehtimoli oshganligi, xalqaro 
terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makonida o‘zaro kurash 
kuchayganligiga qarshi munosib tura olish masalalarini kafolatlaydi.
Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi. 2018.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin