O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Atamalar izohi
:
Partiya 
– (lot. partio — bo‘lak, qism) G‘oyaviy jihatdan maslakdosh, 
manfaatlari bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh 
yoki qatlamlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot. 
Modernizatsiya
– (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; 
davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangi-
lanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.


30
Savol va topshiriqlar
:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi 
qonunlar asosida yuritadi?
2. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va 
bog‘liqliklar bor?
4. Siyosiy partiyalar faoliyati bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Partiya
XDP
ASDP
MTDM
O‘zLDP
Tashkil topgan yili
G‘oyasi
4-mavzu.
 O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy 
bosqichlari va istiqbollari
Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari
. 2000-yildan – bugungi kunga 
qadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yan-
gilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning 
asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qara-
tilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich 
o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida 
demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-
huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustah-
kamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va 
siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va bosh-
qaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish 
sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini 
takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik 
bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni 
amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga 
doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. 
?


31
Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat 
tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo 
etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» 
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga 
keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro – jamiyat – 
davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga 
keltirish bo‘ldi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin