O`zb tarix 11 узб indd


partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik


partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-
biriga yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi
.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa 
ega bo‘lib ulgurgan 
O‘zbekiston Liberal-Demokratik 
partiyasi (O‘zLiDeP)
2003-yil noyabrda tashkil top- 
gan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 
umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar 
qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon 
xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori
malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar man-
faatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davo-
midagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun 
huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va 
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda 
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy 
qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda 
qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning 


29
davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday 
natijalarga erishganligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Ekologik harakati
. 2008-yil O‘z-
bekiston Respublikasining «
Saylov to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
»gi 
Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 
deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi 
belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi 
deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. 
O‘zbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan. 
O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va 
kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini 
yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga 
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning 
bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.
Yodda tuting
!
2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur Murojaatnomada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta 
deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar 
bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga 
erishishi lozimligi taklif etildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin