O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zingizni sinang
!
2010-yil 12-noyabr – bu ... 2002-yil – bu ...
2000-yil – bu ... 2008-yil – bu ...
!
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi
. 2016-yilda ilk bor mamlakat 
aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu 
yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual 
qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari 
yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. 


33
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy 
va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil-
lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabul-
xonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident 
huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish 
g‘oyasini ilgari surdi. 
Mulohaza
!
Virtual qabulxona ochilishining zaruratini nimalarda ko‘rasiz?
Qo’shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda, internetning pm.gov.
uz
manzilidagi “PM” qisqartmasining mazmunini tushuntiring.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan 
ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi 
muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, xalq
hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini 
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha 
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini 
hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar 
orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin