O`zb tarix 11 узб indd


Islom dini va diniy ta’limga e’tibor



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Islom dini va diniy ta’limga e’tibor
. Bugun respublikada 16 ta diniy
konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot – Imom Buxoriy nomidagi 
Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va 
protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar 
bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega.
Yodda tuting
!
Toshkentda 2013-yil qurilishi boshlangan Minor masjidi 2014-yilning
1-oktabrida, katta Qurbon hayiti bayramida ochildi. Masjid binosi 
anʼanaviy sharq va oʻzbek uslubida qurilgan ikki minorasi va osmon rang 
bir gumbaz bor. Masjid 2 400 dan ortiq odamlar uchun moʻljallangan.
1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Kari-
movning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent islom 
universitetiga asos solindi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-ses-
siyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun 
dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida 
muhim dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi.
Prezidentning 2017-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini 
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q Samarqandda 
ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliy 


70
maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, 
qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda Islom 
madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni 
asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin